Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbat


Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbat (qo'shiq matni)
Исполнитель: Abdurashid Yo'ldoshev
Песня: Muhabbat
Просмотров: 72
Теги: MP3, Muhabbat, tekst pesni, LYRICS, Yo'ldoshev, Abdurashid, qo'shiq matni
На этой странице вы можете бесплатно скачать Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbat qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Qalamqoshli go`zal nigor,
Senga qalbim etay oshkor.
Majnun o`zim, sensan Layli,
Ishqing bilan yonsam mayli.

Qora ko`zlar, cho`g` qaroqlar,
Dilga solar zo`r firoqlar.
Bu qaroqlar boldek yoqdi,
Yuragimda sevgi oqdi.

Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.

Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)

Nigohingda fasli bahor,
Sarsoningman Layli nahor.
Lablaringni g`uncha etding,
Buncha menga jabr etding?

Shirin so`zlar, gul dudoqlar,
Men oshiqdan jon so`roqlar.
Bu dudoqlar boldek yoqdi,
Yuragimda sevgi oqdi.

Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.

Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)

Bilaman, yorimni ko`rmasam, orom yo`q,
Kuymayin deyman-u, boshqa choram yo`q.

Yonadi yuragim, jonim,
Sen go`zalni ko`rgan onim.
Qancha suysam, shuncha kuydim,
Kuymay desam, yo`q imkonim. (x2)




Muhabbat (VIDEO)