Abduvali Rajabov - Dunyo


Исполнитель: Abduvali Rajabov
Песня: Dunyo
Просмотров: 45
Теги: Dunyo, matn, Abduvali Rajabov, ko'chirish, qowiq matni, uz lyrics, qo'shiq, tekst pesni, QOSHIQ MATNI, download, MP3, tekst, tekst pesen, qo'shiq matni, LYRICS
На этой странице вы можете бесплатно скачать Abduvali Rajabov - Dunyo qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.
Azim daryolarni bo’g’ib qa’ridan,
Bir tomchi qoldirmay yutgan dunyo bu. (x2)

Kimnidir yayratib eram bog’ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida,
Kimnidir yayratib jannat bog’ida,
Kimnidir kuydirib farzand dog’ida,
Kimnidir o’ldirib yoshlik chog’ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.

Kimnidir o’ldirib yoshlik chog’ida,
Nelarning uvolin tutgan dunyo bu.
Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.

Do’stlaring aylansa tulki, bo’riga,
Xiyonat qilganda yorlar yoriga,
Boqarkan bir kuni zamon zo’riga,
Barining ustidan kulgan dunyo bu. (x2)

Chang solib necha xush, chaman bog’larga,
Yo’l berib bulbulmas, qarg’a-zog’larga, (x2)
Kuy chalib motamli ohu-vohlarga,
Yolg’onlar kitobin bitgan dunyo bu. (x2)

Do’stim, havolanib ketma o’zingdan,
Tog’larning boshini egkan dunyo bu.




Dunyo (VIDEO)