» Bekzod Haqqiyev » Yuragimni qaytib ber

Bekzod Haqqiyev - Yuragimni qaytib ber


Исполнитель: Bekzod Haqqiyev
Песня: Yuragimni qaytib ber
Просмотров: 12
Теги: tekst pesni, MP3, musicby.site, Haqqiyev, Bekzod, LYRICS, musicby, qo'shiq matni, tekst, qo'shiq, uz lyrics, Yuragimni qaytib ber
На этой странице вы можете бесплатно скачать Bekzod Haqqiyev - Yuragimni qaytib ber qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Muhabbat sarson bo`ldi,
Ko`ngil narxi arzon bo`ldi,
Gulbahorlar xazon bo`ldi,
Yuragimni qaytib ber. (x2)

Qiynoqlarga solgin mayli,
Sevgim tortib olgin mayli,
Dil armonim sen tufayli,
Yuragimni qaytib ber. {x2}

Endi qaytib sog`inmayman,
Ishqingda ham og`rinmayman,
Senga boqib ovunmayman,
Yuragimni qaytib ber. {x2}

Muhabbating yolg`on ekan,
Tafti to`la armon ekan.
Meni qaytib sog`inmagan
Yuragimni qaytib ber. {x2}

Ko`zlarimdan olib ko`zing,
Mayli aytib achchiq so`zing,
Begonamas faqat o`zing
Yuragimni qaytib ber.

Alamlarda qiynalaman,
Hijronlarda ko`p yonaman,
Sensizlikka o`rganaman,
Yuragimni qaytib ber!

Sensizlikka o`rganaman,
Yuragimni qaytib ber!
Yuragimni qaytib ber… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz




Yuragimni qaytib ber (VIDEO)