» Sarvar va Komil » Kechagi kun

Sarvar va Komil - Kechagi kun


Исполнитель: Sarvar va Komil
Песня: Kechagi kun
Просмотров: 9
Теги: kechagi kun, Sarvar va Komil, tekst, qo'shiq matni, tekst pesni, QOSHIQ MATNI, video, qowiq matni, matn, Benom Guruhi, 3-qism, Clip, klip, skachat, qo'shiq, LYRICS, chunki bu biz, MP3
На этой странице вы можете бесплатно скачать Sarvar va Komil - Kechagi kun qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Davom, sensizligim etmoqda davom,
Bunga ko`nikolmadim, ishon,
Begunoh yurak qiynalar hamon.
Yetar, uni sog`inganlarim yetar,
Orzularim sen bilan ketar,
Sensiz kunlarim azobda o`tar.

Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga… “Kechagi kun”!

Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”. (x2)

Qo`lim, qo`l uzatsam, yetmaydi qo`lim,
Tobora xiralashar yo`lim,
Endi o`zgasan, qiynalar dilim.
Afsus, seni deb yurak yig`lar hanuz,
Rad etding, ko`zing nega ma’yus?
Savollar bilan qoldim yuzma-yuz.

Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga… “Kechagi kun”!

Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

 




Kechagi kun (VIDEO)