» Ummon » So'ngi bor

Ummon - So'ngi bor


Исполнитель: Ummon
Песня: So'ngi bor
Просмотров: 24
Теги: LYRICS, tekst pesni, ummon, songi bor, tekst, uz lyrics, download, ko'chirish, guruhi, ummon guruhi yangi mp3, skachat, So'ngi bor, qo'shiq matni, MP3
На этой странице вы можете бесплатно скачать Ummon - So'ngi bor qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab.

(O'-o') 
So'ngi bor, so'ngi iltimos,
Ket qaytma eslama biroz.
Yuragim tilkalayverma,
Dardimga dard qo'shib yana.

Endi bu sevgidan emas,
Nafratdan olamiz nafas.
Afsus biz endi do'st emas,
Sensizman atrofim qafas.

Qalbimni dard qiynayverar,
Sen yo'qliging sababmi bu.
Yuragimni ezaverar,
Maxzun tun qandaydir qayg'u.

Dardimga dard qo'shaverar,
Yolg'izlik seni yeb borar.
Eslayman so'ngi so'zlaring,
Yuragimni ezaverar.

Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab.

Xa, menga oson emas,
Sen kabi bo'lolmadim.
Sevgimizni senchalik,
Oson unutolmadim.
Bu yolg'on ko'zlaringda,
O'zimni topolmadim.
Urundim unutdim,
Lekin voz kecholmadim.

"Kun"mi "tun"mi farqi yo'q,
Sensiz onim bemazmun.
Bir kun ayriliq dardi,
Tubsiz ummondek uzun.
Ko'zlaringda g'arq bo'lgan,
O'zligimni sen qaytar.
Kezaman telbadayin,
Bu dunyoda darbadar.

Yurak der, "Unut uni",
Qalbim lek, eslar uni. (x2)

Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg'iz tashlab.

Jonimni so'ragin men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.




So'ngi bor (VIDEO)