Yulduz Turdiyeva - Dugonalar


Исполнитель: Yulduz Turdiyeva
Песня: Dugonalar
Просмотров: 23
Теги: pesni, tekst pesni, qo'shiq, www.musicby.site, Turdiyeva, Site, yulduz, MP3, video, musicby, uzlyrics, qowiq, tekst, matni, LYRICS, qoshiq, QOSHIQ MATNI, Dugonalar
На этой странице вы можете бесплатно скачать Yulduz Turdiyeva - Dugonalar qo'shiq matni, текст песни, lyrics, mp3 файл и слушать онлайн в хорошем качестве бесплатно и без регистрации.

Тексть песни


Soy bo`yida bor edi bir majnuntol,
Soyasida o`tirardik bemalol. (x2)
O`sma qo`yib, surma surib va yana
Yuzimizga qo`yar edik bitta xol.

Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x2)

Ariq bo`yidan yalpiz terar edik,
Yalpiz bahona o`ynab-kular edik. (x2)
O`ynab-kulib, qo`shiq aytib va yana
Doira chalib, raqsga tushar edik.

Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x2)

Uzun sochlarimizni yuvib-tarab,
O`rib olardik mayda-yu, maydalab. (x2)
Sochimizga pilik ulab va yana
Tol popugin ular edik ataylab.

Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.




Dugonalar (VIDEO)


[МОНОЛОГЛАР 🎤 INTRO VIDEO]